Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Ukraina uchun ham “Tinchlik kengashi” tuziladimi?

Ukraina uchun ham “Tinchlik kengashi” tuziladimi?

AQSh Ukraina uchun ham “Tinchlik kengashi” tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — Financial Times.

Nashr manbalariga ko‘ra, mazkur tashabbus Qo‘shma Shtatlar prezidenti Tramp vositachiligida ishlab chiqilgan G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasi modeli asosida bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu kengashga AQSh prezidentining o‘zi raislik qilishi mumkin.

AQSh bilan muzokaralarda qatnashayotgan yuqori martabali ukrainalik amaldorning aytishicha, Ukraina uchun “Tinchlik kengashi” Rossiyaning agressiyasini yakunlashga qaratilgan muhim takliflardan biri hisoblanadi. Kengash tarkibiga Ukraina, Yevropa davlatlari, NATO va Rossiya vakillarini kiritish rejalashtirilmoqda. Uning vazifasi bo‘lajak tinchlik rejasining bajarilishini kafolatlash va nazorat qilish bo‘ladi.

"Hozircha Rossiyaning AQSH, Ukraina va uning G‘arbdagi ittifoqchilari tomonidan kelishilgan 20 bandli tinchlik rejasiga rozi bo‘lishga yoki hatto uni jiddiy muhokama qilishga tayyorligidan darak beruvchi hech qanday alomat yo‘q. Moskva Ukrainadan hududiy yon berishni talab qilmoqda, Kiyev esa bu talablarni qat’iy rad etib kelmoqda", deya yozmoqda Financial Times.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Tramp ma’muriyati “Tinchlik kengashi” modelini boshqa mojarolarni, jumladan Ukraina va Venesueladagi nizolarni hal etishda ham qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu reja kelasi hafta Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida taqdim etilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!