Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukraina sobiq energetika vaziri 2 oyga hibsga olindi

Ukraina sobiq energetika vaziri 2 oyga hibsga olindi

Ukraina sobiq energetika vaziri German Galushenko 2 oyga hibsga olindi.

Sobiq vazir 60 kun muddatga, ya’ni 15 aprelga qadar hibsda saqlanadi, biroq 200 million grivna (4,6 mln dollar) miqdoridagi garov evaziga ozod qilinishi mumkin.

Galushenko garov evaziga ozod qilinsa, unga Kiyev va Kiyev viloyati chegarasidan chiqish hamda Timur Mindich, Sukerman, Mironyuk va Basov bilan muloqot qilish taqiqlanadi. Shuningdek, u elektron bilaguzuk taqishi, tergovchi va prokuror chaqirig‘iga javob berishi, yashash joyini o‘zgartirganda xabar berishi va xorijiy pasportlarini topshirishi shart.

Galushenko garov miqdoriga rozi emasligini va sud qarori ustidan apellyasiya shikoyati bermoqchiligini ma’lum qildi.

Sobiq energetika vaziri 15 fevralda Ukraina hududini tark etmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Milliy korrupsiyaga qarshi tergov byurosi detektivlari uni “Energoatom” kompaniyasidagi mablag‘larni talon-toroj qilish ehtimoli bilan bog‘liq “Midas” operasiyasiga aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:47. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!