Ilk samolyotlar 2026 yilning dekabrida kutilmoqda
Ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuv shartlariga ko‘ra, Ukraina Shvesiyadan 22 ta "Gripen E/F" qiruvchi samolyotini sotib olishi kerak, buning uchun u Yevropa Ittifoqining kredit ko‘magi dasturidan 2,5 milliard yevro yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, samolyotlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolanganidan keyin, Shvesiya ikki tomonlama yordam doirasida Ukrainaga 16 ta "Gripen C/D" qiruvchi samolyotini topshirish niyatida.
"Gripen E" va F parvoz masofasi hamda foydali yuklamasi oshirilgan qiruvchi samolyotning yangiroq modifikasiyalari hisoblanadi. Ularda 10 ta qurol osma nuqtasi mavjud bo‘lib, bu avvalgi muqobillarga qaraganda ikkitaga ko‘pdir, shuningdek, ular murakkab bort elektron tizimi bilan jihozlangan.
C va E modifikasiyalari bir kishilik, D va F modifikasiyalari esa ikki kishilikdir. Ekipajning ikkinchi a’zosi qiruvchi samolyotning murakkab qurollari va boshqa tizimlariga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
38 ta qiruvchi samolyot, bu Ukraina 2025 yilning oktyabr oyida sotib olishni rejalashtirgan miqdordan ancha kam. O‘shanda gap E seriyasidagi 150 ta samolyot haqida ketgan edi.