Ukrainalik provayderlar "Rossiya segodnya" hamda RIA Novosti Ukraina resurslariga kirishni taqiqlab qo‘ydi.
Saytga kirmoqchi bo‘lganlari quyidagi yozuv qarshi oladi: "Ukraina prezidentining 2017 yil 15 maydagi Qaroriga muvofiq mazkur resursga kirish ma’n etilgan". Bundan tashqari, R-Sport, VGTRK, NTV va REN TV saytlari ham bloklab qo‘yilgan.
May boshida "Rossiya segodnya" va RIA Novosti agentligi Kiyevning yangilangan sanksiyasi ro‘yxatiga tushib qolgandi. Ukraina provayderlari “rossiyasegodnya.rf”, “sputniknews.com”, “ria.ru”, “rsport.ria.ru”, “1prime.ru”, “realty.ria.ru” va “rian.com.ua” saytlariga kirishni taqiqlab qo‘ydi.
Shuningdek, agentlikning mamlakatdagi aktivlari ham bloklab qo‘yildi. Sanksiya muddati — uch yil.
Manba: lenta.ru