Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina Rossiya gazining tranziti bo‘yicha shartnoma muddati tugaganidan keyin uni uzaytirmaydi

Ukraina Rossiya gazining tranziti bo‘yicha shartnoma muddati tugaganidan keyin uni uzaytirmaydi

Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Slovakiya hukumati rahbari Robert Fiso bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Ukrainaning strategik maqsadi Rossiya gaziga nisbatan sanksiyalar joriy etish va Kremlni uglevodorodlarni sotishdan tushadigan daromaddan mahrum qilishdir. Neft va gaz savdosi tajovuzkorga urushni moliyalashtirish imkonini beradi. Biz Yevropaning barcha davlatlarini Rossiyaning neft va gazidan butunlay voz kechishga chaqiramiz, — deya ta’kidladi Shmigal.

Shuningdek, u Ukraina YEI bilan assosiasiya to‘g‘risidagi bitim va Energetika Xartiyasi shartnomasiga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etishga tayyorligini bildirdi.

"Biz ayrim davlatlar, xususan, Slovakiyaning Rossiyadan uglevodorodlar importiga keskin qaramligini tushunamiz. Ammo yetkazib berishni bosqichma-bosqich diversifikasiya qilishga umid qilamiz", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina hukumati rahbari.

Ukrainaning “Naftogaz” va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyalari o‘rtasida gaz tranziti shartnomasi 2019 yil dekabr oyida tuzilgan, uning muddati 2024 yilda tugaydi. 2022 yildan beri Rossiya bilan urush boshlanganiga qaramay, Ukraina kelishuv shartlarini bajarishda va Rossiya gazining Yevropaga, jumladan Slovakiyaga tranzitini ta’minlashda davom etmoqda.

Kiritildi: 21:20 07.10.2024. O'qildi: 1657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!