Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina Qurolli kuchlari Qrimdagi harbiy aerodromga hujum qildi

Ukraina Qurolli kuchlari Qrimdagi harbiy aerodromga hujum qildi

Mahalliy Telegram kanallar tunda kuchli portlashlar sodir bo‘lgani, shundan so‘ng katta yong‘in chiqqani haqida xabar bermoqda.

Qrim transport vazirligi Jankoy - Feodosiya yo‘lining bir qismi yopilganligi haqida ogohlantirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumga uchragani aytilayotgan Jankoydagi harbiy-havo kuchlari bazasida Janubiy harbiy okrug 4-qo‘mondonligining 27-aviasiya diviziyasining 39-vertolyot polki, 3 ta aviasiya eskadroni joylashtirilgan edi.

Hozircha Kiyev ham, Moskva ham hujum va uning oqibatlari haqida rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.

Kiritildi: 11:24 17.04.2024. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!