Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina prezidentining 2018 yildagi daromadi ma’lum qilindi

Ukraina prezidentining 2018 yildagi daromadi ma’lum qilindi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 12 marta kattaroq daromad olgan. Poroshenko soliq deklarasiyasida 198 mln griven (7 mln dollar) daromad olganini ko‘rsatgan. Bu haqda Ukrainskiye novosti nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Bu qiymat prezident tomonidan bir yil avval deklarasiya qilingan qiymatdan 12 martadan ko‘proqni tashkil qiladi , deyilgan xabarda. Ukraina prezidenti 2017 yilda 16,3 mln griven daromad olgan.

Poroshenko Eng boy ukrainaliklarning yetakchi yuztaligi ga kiradi. U 1,1 mlrd dollarlik boylik bilan ushbu reytingning 6-pog‘onasidan joy olgan. Poroshenkoning asosiy aktivi Roshen qandolatchilik korporasiyasi hisoblanadi.

Poroshenko 2014 yil prezident lavozimini bajarishga kirishayotganda o‘z biznesidan voz kechishga va’da bergandi, biroq hanuzgacha buni amalga oshirmagan.

2018 yil fevralda Ukraina prezidenti uning davlat rahbari sifatidagi hayoti bol emasligi, prezidentlik yillari davomida uning shaxsiy boyligi kamayib ketganidan arz qilgan.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 08:07 18.12.2018. O'qildi: 1533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!