Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qanday qilib tarixda qolmoqchi ekanini aytdi.
Zelenskiy «1+1» telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning va o‘zining amalga oshmaydigan o‘zgarishlarga behuda vaqt sarflamasligini ma’lum qilib, jurnalistning nimani orzu qilishi haqidagi savoliga quyidagicha javob bergan. «Menda juda ko‘p orzular bor. Donbassdagi urushni tugatishni orzu qilaman. Shuningdek, ismim tarix zarvaraqalaridan o‘chib ketmasligini, unda qolishni xohlayman», — degan Ukraina prezidenti.