Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina prezidenti Germaniyaning Bild gazetasiga intervyu berdi

Ukraina prezidenti Germaniyaning Bild gazetasiga intervyu berdi

Ukraina prezidenti Germaniyaning Bild gazetasiga intervyu berdi. Zelenskiyning intervyusidan asosiy iqtiboslar:

▪️Ukrainaning qarshi hujum rejasi bor va g‘alaba qozonishimizga ishonchim komil. Ammo buning uchun Ukraina armiyasiga AQSh va boshqa ittifoqchilarning zamonaviy qurollari kerak;

▪️Donald Tramp haqiqatan ham urushni tezda tugatish bo‘yicha o‘z fikriga ega bo‘lsa, men buni tinglashdan xursand bo‘laman. Agar Trampning mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasi Ukraina shunchaki o‘z hududlaridan voz kechishi evaziga bo‘lsa, bu “juda oddiy g‘oya” hisoblanadi;

▪️Muzokaralarda Putinga ishonib bo‘lmaydi. U bilan barcha masalada kelishish mumkin, ammo gap u bunga rioya qilish yoki qilmasligida;

▪️Putin urushni “muzlatish” orqali yangi hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqchi;

▪️Rossiya Xarkovni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. U buning uchun juda ko‘p odamlarni o‘ldiryapti, gap yuz minglab insonlar hayoti haqida ketmoqda. Biroq Ukraina buning oldini olish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda;

▪️Germaniyaning Ukrainaga Taurus raketalarini yetkazib berishdan bosh tortishi dunyoni Rossiyaning yadro tahdididan himoya qilmaydi.

Kiritildi: 10:15 10.04.2024. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!