Ukraina Milliy Korrupsiyaga Qarshi Byurosi (NABU) va Ixtisoslashtirilgan Korrupsiyaga Qarshi Prokuratura (SAPO) Ukraina Prezidenti Devonining sobiq rahbari Andriy Yermakka qarshi ayblov e’lon qildi.
Agentliklar bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi postida e’lon qilishdi.
"NABU va SAPO Kiyev yaqinidagi hashamatli qurilish loyihalarida 460 million grivna (10,5 million dollar) miqdorida mablag‘ni yuvish bilan shug‘ullangan uyushgan guruhni fosh qilishdi. Uning ishtirokchilaridan biri, Ukraina Prezidenti Devonining sobiq rahbariga qarshi ayblovlar qo‘zg‘atildi", deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, ayblov Ukraina Jinoyat kodeksining 209-moddasi 3-qismi (jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan, uyushgan guruh tomonidan yoki ayniqsa katta miqdorda sodir etilgan mol-mulkni yuvish) bo‘yicha qo‘zg‘atilmoqda. Ushbu modda bo‘yicha jazo mol-mulk musodara qilingan holda 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida NABU va SAP Timur Mindich boshchiligidagi energetika sohasidagi yirik korrupsiya sxemasini fosh qilish uchun "Midas" deb nomlangan keng ko‘lamli operasiyani e’lon qilishdi.
2025 yil 17 noyabr kuni Zelenskiyning o‘sha paytdagi ofisi rahbari Yermak NABU yozuvlarida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. 28 noyabr kuni ertalab Yermakning ofisida tintuv o‘tkazildi va kechqurun u ishdan bo‘shatildi.