Ukraina favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda NATOdan xalqaro yordam so‘radi, deb yozadi «TASS» tashkilot matbuot xizmatiga tayanib.
NATO ma’lumotlariga ko‘ra, Yevro-Atlantika falokatlarga javob berishni muvofiqlashtirish markazi (EADRCC) 15 fevral kuni Ukraina tomonidan xalqaro yordam so‘rovini qabul qilgan.
EADRCC NATOning Yevro-Atlantika mintaqasida fuqarolik favqulodda vaziyatlarga javob berishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Markaz tabiiy va texnogen falokatlar yuz bergan taqdirda NATO ittifoqchilarining yordam so‘rovlari va takliflarini muvofiqlashtirish, shuningdek, xalqaro yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
NATO, shuningdek, Ukraina yuzdan ortiq yo‘ltanlamas avtomobillar, minalardan tozalash uskunalari va radiokimyoviy razvedka borasida yordam so‘ragani haqida xabar berdi.
Bir necha kun oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika yetakchisi Jo Baydendan Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatishni so‘ragan edi.