Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina mojarosi uzoq davom etishi mumkin

Ukraina mojarosi uzoq davom etishi mumkin

Katta yettilik mamlakatlari Ukraina muammosi uzoq cho‘zilishi, yana olti-etti yil davom etishini taxmin qilmoqda, deb xabar tarqatdi “Bloomberg” agentligi.

G7 mamlakatlari uchun Kiyevga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatishni nizo uzoq cho‘zilishini hisobga olib rejalashtirish zarurati ayon bo‘lmoqda, deyiladi xabarda. “AQSh va ushbu mamlakatning “ettilik guruhi”dagi ittifoqchilari endi Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatishni mojaro uzoq cho‘zilishini hisobga olib rejalashtirishi kerak, chunki ziddiyat yana olti-etti yil davom etishi mumkin”, – deyiladi agentlik e’lon qilgan materialda.

G7 mamlakatlari NATOning iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha deklarasiya e’lon qilgan.

Kiritildi: 17:07 21.09.2023. O'qildi: 2224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!