Ukraina harbiylari yaqin kunlarda Yaqin Sharqda ish boshlaydi — ular AQSh so‘roviga binoan harbiy bazalarni Erondan himoya qilish uchun u yerga yuboriladi.
Bu haqda "Reuters" agentligi o‘z manbasiga tayanib yozmoqda.
"Ukrainaliklar ishni "yaqin bir necha kun ichida" boshlaydilar", — deyiladi nashr xabarida.
Jurnalistlar, shuningdek, Vladimir Zelenskiyning X ijtimoiy tarmog‘idagi postiga ham e’tibor qaratdilar. Unda Kiyev rejimi rahbari AQShdan uchuvchisiz uchish apparatlaridan (UUA) himoyalanishda yordam berish bo‘yicha so‘rov olganini tasdiqlagan.