Bugun 26 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ukraina harbiylari Chexiya tashabbusi doirasida olingan snaryadlarning nosozligi haqida xabar berishdi — Handelsblatt

 Ukraina harbiylari Chexiya tashabbusi doirasida olingan snaryadlarning nosozligi haqida xabar berishdi — Handelsblatt

"Ukraina Qurolli kuchlari Praga tashabbusi bilan Kiyevga yetkazib berilgan o‘q-dorilarning muddatidan oldin portlagan ustidan shikoyat qilmoqda. Snaryadlardan jangovar foydalanish paytida ularning ko‘plari portlab ketgan, buning natijasida harbiy xizmatchilar va artilleriya tizimlariga zarar yetgan", — deb yozadi gazeta.

Nashr hisob-kitobiga ko‘ra, etkazib berilgan 10 mingta snaryadning taxminan beshdan bir qismi nosoz bo‘lgan. Nosozlik sababi Ikkinchi jahon urushi davrida ishlab chiqilgan eskirgan M515 va M51A5 portlovchi moslamalari, shuningdek, artilleriya snaryadlari komponentlarining noto‘g‘ri birikmasi ekanligi aytilmoqda.

Financial Times'ning yozishicha, ittifoqchilar Ukrainaga xuddi uzoq vaqt davomida omborlarda saqlangan yoki utilizasiyaga qilinishga yaqin bo‘lgan o‘q-dorilarni yuborishni afzal ko‘rmoqda.

2024 yilning bahorida Chexiya jahon bozoridan Ukraina uchun 800 mingta artilleriya snaryadlarini sotib olish tashabbusini e’lon qildi. Tashabbusni 20 ga yaqin davlat, jumladan Germaniya ham moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan edi.

Kiritildi: 20:35 25.09.2024. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!