Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina harbiy tajovuz munosabati bilan Rossiya bilan yadroviy xavfsizlik sohasidagi ikkita kelishuv bekor qilinishini e’lon qildi

Ukraina harbiy tajovuz munosabati bilan Rossiya bilan yadroviy xavfsizlik sohasidagi ikkita kelishuv bekor qilinishini e’lon qildi

Ukraina harbiy tajovuz munosabati bilan Rossiya bilan yadroviy xavfsizlik sohasidagi ikkita kelishuv bekor qilinishini e’lon qildi, deb xabar berdi Ukraina yadroviy tartibga solish davlat inspeksiyasi.

Quyidagi ikki xalqaro shartnoma bekor qilinadi:

Ukraina Atrof-muhitni muhofaza qilish va yadro xavfsizligi vazirligi hamda Yadro va radiasiya xavfsizligi bo‘yicha Rossiya Federal nazorat organi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (1996 yil 19 sentssyabrda Vena shahrida imzolangan);

Ukraina Yadroviy tartibga solish davlat qo‘mitasi va Yadro va radiasiya xavfsizligi bo‘yicha Rossiya Federal nazorat organi o‘rtasida yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni tartibga solish sohasida xavfsizlik sohasida axborot almashish va hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim (2002 yil 14 avgust kuni Moskvada imzolangan).

Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti hisobotida aytilishicha, dunyoda yadro qurolidan foydalanish xavfi sovuq urush davridan beri eng yuqori darajaga yetdi. Mutaxassislar ta’kidlaganidek, mamlakatlar o‘rtasidagi, jumladan, Rossiya va Ukraina munosabatlarining yomonlashuvi tufayli yadro diplomatiyasi sohasida muammolar yuzaga kelgan.‌‌

Kiritildi: 19:07 27.06.2022. O'qildi: 2258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!