Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Ukraina harbiy razvedkasiga yangi rahbar tayinlandi

Ukraina harbiy razvedkasiga yangi rahbar tayinlandi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Tashqi razvedka xizmatini (SVR) boshqargan Oleg Ivashchenkoni Bosh razvedka boshqarmasi rahbari etib tayinladi.

Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

"Bugundan boshlab Oleg Ivashchenko mamlakatimizga xizmat qilishda davom etadi va Ukraina harbiy razvedkasi pozisiyalarida Rossiya harbiy salohiyatini cheklash bo‘yicha topshiriqlarni bajaradi”, — deb yozgan Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, u Ivashchenko bilan Tashqi razvedka xizmati rahbari sifatida uchrashuv o‘tkazgan, unda Ivashchenko Ukrainadagi umumiy vaziyat va hozirgi tahdidlar haqida ma’lumot bergan.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!