Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ukraina dengiz qo‘riqlash xizmatiga ogohlantirishsiz qurol qo‘llashga ruxsat berildi

Ukraina dengiz qo‘riqlash xizmatiga ogohlantirishsiz qurol qo‘llashga ruxsat berildi

Ukraina Oliy Radasi Davlat chegara xizmatining dengiz qo‘riqlash kemalariga ogohlantirishsiz qurol qo‘llashiga ruxsat berdi. Bu haqda «Novoye vremya» xabar berdi.

Qonun hujjatida aytilishicha, Ukraina Davlat chegara xizmatining dengiz qo‘riqlash kemalari va katerlarining qurollari qurolli hujum va Ukraina hududiga bostirib kirishni bartaraf etish, qurolli nizolarni va qurolli provokasiyani to‘xtatish, Ukraina kemalariga hujumni qaytarish uchun ogohlantirishsiz qo‘llanilishi mumkin.

Bundan tashqari, dengiz chegarachilari ogohlantiruvchi otishdan keyin Ukraina qonunchiligini buzgan kemani qo‘lga olish uchun qurol qo‘llash huquqiga ega bo‘ldi. Bu huquq Ukraina kemalari mamlakat dengiz hududida yoki chegaradosh suvlarda ta’qib qilinganda ham amal qiladi.

Dengiz chegarachilari Ukraina qirg‘oqlariga, Ukraina bayrog‘i ostidagi suvosti va suvusti kemalariga nisbatan dushmanlik harakatlarini to‘xtatish uchun ham ogohlantiruvchi otishdan keyin qurol qo‘llash huquqida ega bo‘di. Chegarachilar tomonidan qurol va harviy texnikaning qo‘llanilishiga Rossiya tomonidan Donesk va Lugansk viloyatlariga tajovuzi vaqtida ham qo‘llanilishi mumkin.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 07:06 07.12.2018. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!