Ukraina Oliy radasi sobiq spikeri Vladimir Litvin NewsOne telekanali efirida Donbassdagi mojarolarga barham berilmasa, Ukraina davlati tarix sahnasidan o‘chib ketishi mumkinligini aytdi.
Agar mojaro besh yilda yangi prezident tomonidan tugatilmasa, Ukraina yo‘q bo‘lishi mumkin degan u.
Litvin yangi saylangan Zelenskiyni tezroqda Donbassdagilar bilan muzokaralar o‘tkazishga chaqirgan.
Sobiq spikerning fikricha, Ukrainada urush uchun resurs yo‘q, fuqarolar tinchlikni hoxlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yil Ukrainadagi mojarolar fonida Donesk va Luganskda mustaqil respublikalar e’lon qilingandi.
Dunyo hamjamiyati ularni tan olmagan.