Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina Belarusga qarshi chora ko‘rmoqchi. Nega?

A A A
Ukraina Belarusga qarshi chora ko‘rmoqchi. Nega?

Ukraina Belarusga sanksiya kiritishi mumkin. Buning sababi, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dimitro Kulebaning aytishicha, prezident saylovlari natijalarini soxtalashtirish edi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bu saylovoldi tashviqotidagi holat va undan keyingi voqealarga ham bog‘liq.

Vazir aytganidek, "Ukrainaning pozisiyasi Yevropa Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlardagi sheriklar bilan hamohangdir". «Biz Yevropa Ittifoqining ushbu masala bo‘yicha dastlabki bayonotiga qo‘shildik, bu uning siyosati va yondashuvlarini to‘liq oqlashimizdan dalolat beradi. Sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorni ko‘rganimizda, biz ushbu masalada tegishli qarorlarni qabul qilamiz», — dedi Kuleba.

Ukraina tashqi siyosat boshqarmasi boshlig‘i rasmiy Kiyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bir kun oldin bergan bayonotlariga ishora qilib, Belarus ichki ishlariga har qanday aralashuvning qabul qilinishi mumkin emas deb bilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya rahbari "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida ushbu mamlakatda nazoratsiz tartibsizliklar boshlangan taqdirda Belarus prezidentiga "kuch bilan" yordam berishga va’da bergan edi. Bundan oldinroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy belaruslik hamkasbiga takroriy prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni maslahat bergandi.

Kiritildi: 15:18 28.08.2020. O'qildi: 3069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik