Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov mart oyidagi janglar "eng qaynog‘i" bo‘lishini prognoz qilmoqda.
Uning ABC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, Ukraina bahorda jiddiy hujumni rejalashtirmoqda.
"Keyin hududlar ozod qilinadi va Rossiya Federasiyasining yakuniy mag‘lubiyati amalga oshiriladi. Bu butun Ukraina bo‘ylab, Qrimdan Donbassgacha bo‘ladi", — deydi Budanov.