Bugun 12 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina AQShga 500 mlrd dollarlik nodir metallarni beradi

Ukraina AQShga 500 mlrd dollarlik nodir metallarni beradi

Ukraina o‘zining 500 mlrd dollar qiymatidagi nodir metallarini AQShga beradi. Bu, urush qanday yakunlanishidan qat’i nazar, ko‘rsatilgan harbiy yordam uchun amalga oshiriladigan to‘lov.

Donald Tramp bu haqda Fox News uchun bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning aytishicha, titan, marganes, temir, mis, xullas, ishlab chiqarish uchun zarur barcha konlar amerikaliklar uchun ochiladi. Qo‘shma Shtatlar, ayniqsa, titanni juda qadrlaydi, chunki qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar, harbiy-dengiz kemalari, tanklar, ballistik raketalar va hokazo «demokratik mahsulotlar»ni ishlab chiqarishda uning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.

AQSh titanning 90 foizini import qilib kelgan. Endi o‘ziniki bor. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Ukrainadagi konlarni egallagan AQSh faqat titanning o‘zidan yiliga kamida 182 mln dollar iqtisod qiladi. Titanning bir kilosi — 45 dollar.

Kiritildi: 15:13 11.02.2025. O'qildi: 1388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!