Cho‘ntakkesarlar Ukrainadagi AQSh elchixonasi xodimi Yeyrin Zaxerni talon-taroj qildilar. Bu haqda mahalliy polisiyaga asoslanib "Ukraina.ru" xabar bermoqda.
Hodisa 26 iyun kuni tushdan keyin Kiyev restoranlaridan birida sodir bo‘lgan. Elchixona xodimining so‘zlariga ko‘ra, uning sumkasidan pul bo‘lgan hamyon, shuningdek qiymati 65 ming rubl bo‘lgan smartfon o‘g‘irlangan. Bundan tashqari, jinoyatchilar haydovchilik guvohnomasini va diplomatik guvohnomasini o‘g‘irlashdi.
Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘g‘rilarni qidirmoqdalar.