Ukraina aholisining soni Rossiya bilan urush, aholining mamlakatdan chiqib ketishi va tug‘ilishning pasayishi tufayli kamayib bormoqda.
Ukraina aholisi qisqarmoqda, deb yozadi Washington Post (WP).
Ukraina Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan deyarli uch barobar ko‘p.
Rossiya-Ukraina urushi o‘n minglab tinch aholi va askarlarning hayotiga zomin bo‘lgan bir paytda, kamida 5 million kishi mamlakatni tashlab, Ukrainadan tashqariga ko‘chib o‘tgan. Ayni paytda mamlakatda yana 5 million kishi Rossiya istilosi ostida yashaydi.
Mutaxassislarning fikricha, aholi sonining qisqarishi mamlakat iqtisodiyoti, siyosiy barqarorlik, etnik tuzilma va kelajakda kurash qobiliyatiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.