Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina adliya vaziri lavozimidan ozod etildi

Ukraina adliya vaziri lavozimidan ozod etildi

Bugun ertalab Ukraina hukumatining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda adliya vaziri German Galushenkoni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bosh vazir Yuliya Sviridenko ma’lum qilishicha, adliya vazirining Yevropa integrasiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Lyudmila Sugak vaqtincha vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Galushenko ham qarorga munosabat bildirib, lavozimga yopishib olmasligini va qonun doirasida o‘zini himoya qilishini aytdi.

Avvalroq, Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi “Energoatom” kompaniyasida yirik korrupsiya sxemasi fosh etilganini ma’lum qilgan edi. Tergovga ko‘ra, ishda o‘sha paytda energetika vaziri bo‘lgan Galushenko ham tilga olingan.

Galushenko 2021 yil aprel oyida energetika vaziri lavozimiga tayinlangan, 2025 yil iyul oyidan esa adliya vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kiritildi: 13:32 12.11.2025. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!