AQSh va Rossiya prezidentlari vakillari o‘rtasidagi suhbat yozuvining sizib chiqishiga Yevropa maxsus xizmatlari aloqador bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda The Guardian.
"Stiv Uitkoff va Yuriy Ushakov o‘rtasidagi muloqot audioyozuvining oshkor etilishi istalgan razvedka xizmati uchun noodatiy va hayratlanarli qadam hisoblanadi. Bu esa razvedka ma’lumotlarini olishni qiyinlashtiradi, chunki suhbat ishtirokchilari albatta o‘z qurilmalari, kanallari va muloqot odatlarini o‘zgartiradi", deya yozmoqda nashr.
Avvalroq Bloomberg AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov o‘rtasida WhatsApp orqali amalga oshirilgan muloqot tafsilotlarini oshkor qilgandi. Ushbu suhbatda Uitkoff Ushakovga Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini birgalikda ishlab chiqishni taklif qilgan, shuningdek, Putin Trampga nimalar deyishi kerakligi bo‘yicha maslahatlar bergan.