Polshaning Rzeszow News portali AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va biznesmen Jared Kushnerning Kiyevga yo‘l olishda Jeshuv aeroportini oraliq nuqta sifatida tanlaganini ushbu aeroportning muhim logistik ahamiyatining yana bir tasdig‘i sifatida baholadi.
"Ularning bu yerda paydo bo‘lishi sharqiy chegaramiz ortidagi mojaro bilan bog‘liq jarayonlarda Jeshuv-Yasyonka aeroporti naqadar muhim rol o‘ynayotganining yana bir belgisi bo‘lishi mumkin", — deyiladi materialda.
Nashr ta’kidlashicha, Polshadagi ushbu aeroport Ukrainaga yo‘l olayotgan xorijiy delegasiyalar uchun eng muhim logistik nuqtalardan biriga aylangan.