Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida noyob qor qoploni paydo bo‘ldi

Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida noyob qor qoploni paydo bo‘ldi

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘idagi o‘rganishlar chog‘ida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan qor qoploni hamda oq tirnoqli Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i fotoqopqonda qayd etilgan.

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ining kichik ilmiy xodimi Akbar Rustamovning  ma’lum qilishicha, joriy yilning 2 iyul kuni milliy bog‘ hududiga o‘rnatilgan fotoqopqonga O‘zbekiston va jahon «Qizil kitob»iga kiritilgan qor qoploni ikki bor tushib qolgan, deydi “ekolog.uz”.

Yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan tur, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI) qizil ro‘yxatiga kiritilgan Ilvirs (qor qoploni) — G‘arbiy Tyan-Shan, G‘arbiy Pomir-Oloy tizmalarida, O‘zbekistondan tashqarida Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, G‘arbiy Sibir janubi, Mo‘g‘uliston, Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Nepal, Butanda tarqalgan.

U tog‘larning o‘rta va yuqori (dengiz sathidan 2500–4500 m balandlikda) qismida yashaydi. Havza ayirg‘ichlari hamda qoyali tosh-sochma qiyaliklarni afzal ko‘radi.

Ularning soni doimo kam bo‘lgan. So‘nggi o‘n yilliklar davomida soni uzluksiz kamaymoqda. 1980–1990 yillarda Hisor qo‘riqxonasida 5-11, 1970-1980 yillarda Chotqol qo‘riqxonasida 1-3 tasi hisobga olingan. Hozirda jami, taxminan 30-50 tani tashkil etadi.

Baland tog‘ yaylovlarining o‘zlashtirilishi, ozuqa manbalarining kamayishi, ozuqa manbalarining kamayishi, brakonyerlik qor qoplonining kamayishiga sabab bo‘lmoqda. U hozir dunyoning hayvonot bog‘larida ko‘paytiriladi. Uni ovlash taqiqlangan.

Kiritildi: 22:01 18.09.2020. O'qildi: 4540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!