Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘g‘lining Mo‘g‘ulistonga safari Trampga “qimmatga tushdi”

A A A
O‘g‘lining Mo‘g‘ulistonga safari Trampga “qimmatga tushdi”

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li kichik Donald Trampning Mo‘g‘ulistonga 2019 yil yozida tashrifi deyarli 77 ming dollarga tushdi.

Bu haqda “Citizens for Responsibility and Ethics in Washington” (CREW) xabar berdi.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, mart oyida AQSh Maxfiy xizmati kichik Donald Trampning yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan tog‘ echkisini ov qilish uchun sarf-xarajati 17 ming dollarni tashkil etganligini ko‘rsatuvchi hujjatlarni taqdim etgan. Biroq qo‘shimcha so‘rovlardan so‘ng, huquq himoyachilari o‘lja ovi 60 ming dollardan ko‘proqqa tushgani ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, kichik Donald Trampning Mo‘g‘ulistonga safari ikki jihatdan shubhali bo‘lgan. Birinchisi, u hayvonni otib o‘ldirish uchun “orqavarotdan” ruxsat olganida bo‘lsa, ikkinchisi uning mamlakat prezidenti bilan shaxsiy uchrashuvi tafsilotlari noma’lumligida.

2017 yilda CREW Amerika rahbarini poraxo‘rlikda ayblagan edi. Uning fikriga ko‘ra, Tramp chet el hukumatlaridan pul olish orqali Amerika konstitutsiyasining normalarini buzmoqda.

Kiritildi: 22:23 09.06.2020. O'qildi: 7167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik