Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) o‘tgan yilgi moliyaviy natijalarni e’lon qildi. Tashkilot erkaklar klub musobaqalaridan rekord darajada daromad olganini ma’lum qildi.
Umumiy daromad 5 mlrd yevrodan oshgan bo‘lib, bu avvalgi mavsumga nisbatan 737 mln yevro ko‘pdir.
UYEFA bayonotiga ko‘ra, erkaklar klub musobaqalaridan tushgan daromad 4,4 mlrd yevroga yetgan. Bu 2023/2024 mavsumiga nisbatan 690 mln yevro ko‘pdir. Shuningdek, klublarga to‘langan moliyaviy mablag‘lar 3,4 mlrd yevroga yetdi — bu o‘tgan mavsumga qaraganda 400 mln yevro ko‘proq.