Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

UYEFA Millatlar ligasi yarimfinaliga qur’a tashlandi

UYEFA Millatlar ligasi yarimfinaliga qur’a tashlandi

Shveysariyaning Nyon shahridagi UYEFA shtab-kvartirasida Millatlar ligasi-2022/23 yarimfinaliga qur’a tashlandi.

Pley-off bosqichiga turnirning A divizionidagi o‘z guruhida 1-o‘rinni egallagan jamoalar – Xorvatiya, Ispaniya, Italiya va Niderlandiya yo‘llanma olgan edi.

Qur’aga ko‘ra, Niderlandiya Xorvatiyaga qarshi maydonga tushsa, Ispaniya Italiya bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. G‘olib jamoalar finalga yo‘llanma oladi.

Yarimfinal bahslari Niderlandiyada o‘tkaziladi. Mezbonlarning Xorvatiyaga qarshi o‘yini 14 iyun kuni Rotterdamda, Ispaniya – Italiya bahsi esa 15 iyun kuni Ensxed shahrida o‘tkaziladi.

Uchinchi o‘rin uchun o‘yin 18 iyun kuni Ensxedda, final o‘sha kuni Rotterdamda bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, UYEFA Millatlar ligasining amaldagi chempioni Fransiya bu mavsum yarimfinalga yo‘llanma ololmadi.

Kiritildi: 22:03 25.01.2023. O'qildi: 3864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!