Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Uchuq shamolash asoratimi?

Uchuq shamolash asoratimi?

Lab atroflarining yengil achishishi, qichishishi va shishibroq turishi uchuqdan darakdir. Odatda, bunday belgilar bir necha soatdan sutkaga qadar davom etishi mumkin. Agar toshma alomatlari sezilgan zahoti davolash choralari ko‘rilsa, labdagi yallig‘lanishning oldini olish mumkin. Aks holda esa lab terisi asta shishib, yallig‘langan soha atrofida pufakchalar paydo bo‘ladi.

Xorazmliklar uchuq toshganda bemor uchinibdi deyishadi. Ya’ni ovqatdan yengil zaharlanibdi degani. Aslida ham bu organizmga tushgan virus sabablidir.

Organizmdagi kasallik virusi immunitet himoyasi sustlashi bilan darhol faollashib, ko‘paya boshlaydi. Shu tariqa virusning “uyg‘onishi” lab yoki tananing boshqa a’zolarida toshma toshishi bilan nomoyon bo‘ladi. Ko‘rib turganingizdek, asosiy omil immunitet bo‘layapti. Shamollash esa organizmning himoya tizimini zaiflashtiradi, natijada toshmalar toshadi..

Immun tizimni tabiiy yo‘l bilan kuchaytirishning asosiy usullaridan biri to‘g‘ri ovqatlanish, ayni kunda yoz ne’matlari bo‘lmish meva- chevalarni ko‘p va soz is’temol qilishdir. Shu bilan birga har kun ertalab badan tarbiyani kanda qilmang.  O‘zingizga e’tibor bering, o‘zingizni seving! Muntazam ochiq havoda, tabiat qo‘ynida bo‘lishni odat qiling.

 Shoira Bekchanova,

tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach

Kiritildi: 22:45 22.07.2019. O'qildi: 2358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!