Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Uchar ot

A A A
Uchar ot

Bir podshoh ikki jinoyatchiga o‘lim jazosi tayinlab, hukm o‘qilgan kundan bir oy o‘tib ijro etilishini belgilabdi. Mahkumlarning biri qattiq tushkunlikka tushib, oh-voh tortib o‘zini tashlab zindonning bir burchagiga yopishib olib o‘limini kutar edi. Ikkinchi mahkum esa, o‘ta ziyrak odam edi. U bundan qutilish yo‘li, hech bo‘lmaganda uzoqroq muddat hayotda qolish yo‘li haqida o‘ylay boshladi…

Kechalarning birida sulton haqida, uning xatti-harakatlari, nimani yaxshi ko‘radiyu nimani yomon ko‘radi, shular haqida o‘ylab o‘tirib birdan podshoh o‘z otini qattiq yaxshi ko‘rishi, ko‘p vaqtini u bilan o‘tkazishi aqlida yalt etib, ajoyib fikr xayoliga keldi. Darhol «nazoratchi», deya baqirdi. Unga o‘ta muhim masala to‘g‘risida podshoh bilan ko‘rishmoqchiligini aytdi. Podshoh bunga rozi bo‘lib, undan o‘sha o‘ta muhim ish nima ekanini so‘radi. Haliga mahkum zoti oliylaridan qatlini bir yilga kechiktirib tursalar, uning otiga o‘sha muddat ichida uchishni o‘rgata olishini aytdi. Podshoh dunyoda yagona uchar otni minib olib parvoz qilayotganini xayol qilib bunga ko‘ndi.

Mahkumning sherigi bundan xabar topib, qattiq hayratga tushib: «Ot uchmasligini bilasanu, qanday qilib bu kabi ahmoqona taklifni berishga jur’at etding», dedi.

Haligi ziyrak mahkum: «Bilaman, lekin men o‘zimga ozodlikka olib chiqadigan to‘rtta imkoniyatni berdim: bir yil ichida yo podshoh o‘lib ketadi  yoki men qiynalmasdan to‘shakda jon berib, qatl qilinib o‘lishdan xalos bo‘laman, yo bu muddat ichida ot o‘ladi, yoki rostdan ham otga uchishni o‘rgataman», dedi.

Qissadan hissa: Boshingga tushgan muammodan aslo tushkunlikka tushib, chorasiz o‘tirma. Aqlingni ishga sol, o‘nlab yechimlar top, balki ularning biri seni bu muammodan xalos qilar.

 

Muhammad Ali Muhammad Yusuf tarjimasi

Manba: islom.uz

Kiritildi: 10:14 29.08.2018. O'qildi: 11584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!