Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Uch yilda 155 ming gektar bog‘ va uzumzor barpo etildi

Uch yilda 155 ming gektar bog‘ va uzumzor barpo etildi

So‘nggi yillarda bog‘ va tokzorlarni yangilashga qattiq kirishilgani, intensiv sabzavotchilik rivojlantirilayotgani ham samarasini bermoqda.

Uch yilda 155 ming gektar bog‘ va uzumzor barpo etildi, intensiv bog‘lar 150 ming gektarga yetkazildi.

Joriy yilda 3,4 million tonna meva, 2 million tonna uzum, 19,5 million tonna sabzavot, poliz va kartoshka, 1 million tonna dukkakli va moyli ekinlar yetishtirilgani bu fikrlarning tasdig‘idir.

Eng muhimi, shularning hisobidan ichki bozorda narxlarni barqaror ushlab turish bilan birga qishloq xo‘jaligi to‘qimachilikdan keyingi eng ko‘p valyuta olib kelayotgan sohaga aylandi.

Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37 foizga o‘sib, 3 milliard dollarga yetdi, yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich ilk bor 3,2 milliard dollardan oshadi.

Meva-sabzavotlarimiz kirib borgan davlatlar soni 18 taga ko‘payib, 83 taga yetdi. Quritilgan olxo‘ri va o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa, shaftoli va mayizda 7-, gilosda 8-, uzumda 13-o‘ringa chiqildi.

Kiritildi: Bugun 12:50. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!