Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

"Uch kundan keyin shartnomaning amal qilish muddati yakuniga yetadi"

"Uch kundan keyin shartnomaning amal qilish muddati yakuniga yetadi"

Uch kundan keyin Strategik yadroviy hujumkor qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati yakuniga yetadi, deb yozmoqda Financial Times.

Bu AQSh va Rossiya tasarrufidagi yadroviy kallaklar sonini cheklab kelgan, huquqiy jihatdan majburiy bo‘lgan so‘nggi kelishuv hisoblanadi. Uning o‘rnini bosadigan yangi shartnoma esa hozircha mavjud emas.

Nashrning yozishicha, joriy yilning 5 fevralidan keyin nafaqat miqdoriy cheklovlar, balki nazorat mexanizmlari, jumladan, o‘zaro inspeksiyalar va muntazam ma’lumot almashinuvi ham to‘xtaydi. Natijada dunyodagi eng yirik yadroviy davlatlar o‘rtasida strategik qurollar bo‘yicha amalda bo‘lgan birorta ham kelishuv qolmaydi.

Karnegi jamg‘armasining yadroviy siyosat dasturi hamraisi Jeyms Aktonning fikricha, dunyo yangi qurollanish poygasiga kirib bormoqda. Uning aytishicha, yaqin kelajakda qurollarni cheklash bo‘yicha yangi shartnoma tuzilishi ehtimoli nihoyatda past.

Mutaxassislar kelishuv muddatining tugashi yadroviy arsenallarning darhol oshishini anglatmasligini aytmoqda. Biroq, huquqiy cheklovlar va shaffoflikning yo‘qligi strategik xatolar xavfini kuchaytiradi hamda yadroviy qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha global rejimni zaiflashtiradi.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!