Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Quvayt - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda hamyurtlarimiz 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Terma jamoamiz safidagi gollarga Alibek Davronov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojimat Erkinov, Diyor Xolmatov va Husayn Norchayev mualliflik qildi. Qayd etish lozim, Norchayev hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaziyatlarda penaltidan foydalana olmadi. Shuningdek, raqib futbolchisi Al-Tavil 73-daqiqada qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Ikki uchrashuvdan so‘ng 6 ochko qo‘lga kiritgan vakillarimiz o‘z guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Xuddi shuncha ochkoga ega Vyetnam bilan keyingi turda 1-o‘rin masalasini hal qilamiz.