Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

«U atlasni masxaraboz kiyimi, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qildi». Bositxonova xonanda Lolaning shov-shuvli klipiga munosabat bildirdi

«U atlasni masxaraboz kiyimi, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qildi». Bositxonova xonanda Lolaning shov-shuvli klipiga munosabat bildirdi

Xotin-qizlar qo‘mitasi Elmira Bositxonova xonanda Lola Yo‘ldoshevaning internetda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan «Sevgingni menga ayt» qo‘shig‘i klipiga munosabat bildirdi.

«Kuni kecha Lola Yo‘ldoshevaning klipi chiqdi. U ‘O‘zbekkonsert’ni lisenziya olib, berish tartibini balki to‘g‘ri tanqid qilgandir. Lekin atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qilib qo‘ygani – bu yigirma beshinchi kadr. Afsuski, buni yana ijtimoiy tarmoqda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan», – dedi Bositxonava 15 noyabr kuni matbuot anjumanida, deb xabar bermoqda «Kun.uz».

Avvalroq, xonanda Lola «Sevgingni menga ayt» deb nomlangan taronasiga ishlangan ikkinchi klipini taqdim etdi. Ushbu klipda xonandalarga lisenziya beruvchi komissiya faoliyati o‘ziga xos ravishda ochib berilgan.

Ma’lumot uchun, «O‘zbekkonsert» 14 oktyabr kuni Jahongir Otajonovni lisenziyasidan ayirdi. Biroq, 16 oktyabr muassasa Jahongir Otajnovni lisenziyasini qaytarib berdi. Shuningdek, oldinroq lisenziyasidan mahrum qilingan san’atkorlar Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova va Halima Ibragimovaga ham ijodiy faoliyatini davom ettirishga ruxsat bergandi.

Kiritildi: 06:38 16.11.2019. O'qildi: 4140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!