Ayniqsa, Tutanxamonning dafn xonasidan ajralib chiqadigan, taxminan ikki metr kenglikdagi ehtimoliy yo‘lak qiziqish uyg‘otgan. Geofizik Jorj Ballardning taxminiga ko‘ra, yo‘lak xaroba va tosh bo‘laklari bilan to‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli avvalgi tadqiqotlarda uni aniqlash qiyin bo‘lgan.
Yana bir sirli topilma «7-anomaliya» deb atalgan. O‘lchovlar zichligi past bo‘lgan hudud mavjudligini ko‘rsatgan. Uning ichida zichligi yuqoriroq, deyarli kvadrat shaklidagi ob’ekt aniqlangan. Ballard bu yerda dafn buyumlari joylashgan xona bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Biroq olimlar hozircha yashirin xonalar mavjudligini tasdiqlovchi aniq dalillar yo‘qligini ta’kidlamoqda. Olingan natijalar qo‘llanilgan usulning imkoniyatlari chegarasida bo‘lgani uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.
Yangi natijalar britanlik misrshunos Nikolas Rivzning 2015 yildan beri ilgari surib kelayotgan gipotezasini yana kun tartibiga olib chiqdi. Uning taxminiga ko‘ra, Tutanxamon qabri ortida malika Nefertiti bilan bog‘liq kattaroq dafn majmuasi bo‘lishi mumkin.
Nefertitining qabri hanuzgacha topilmagan. Shu bois yangi o‘lchovlar uni izlashda muhim ishora bo‘lishi mumkin, ammo bu hozircha faqat gipoteza bo‘lib qolmoqda.