Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

To‘rt oyda salkam 50 ming turkiyalik O‘zbekistonga keldi

To‘rt oyda salkam 50 ming turkiyalik O‘zbekistonga keldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida jami 49,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 ming nafarga yoki 57,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

- xizmat yuzasidan – 19 462 nafar

- sayyohlik – 16 260 nafar

- qarindoshlarni yo‘qlash – 13 407 nafar

- tijorat – 154 nafar

- o‘qish – 123 nafar

- davolanish – 20 nafar

Kiritildi: 15:39 15.06.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!