Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Turmushga chiqish uchun "saratonga chalingan" qiz qamaldi!

Turmushga chiqish uchun "saratonga chalingan" qiz qamaldi!

To‘yiga pul yig‘ish uchun o‘zini kasal qilib ko‘rsatgan Angliyaning Cheshir shtatida istiqomat qiluvchi qiz qamaldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

2015 yil iyun oyida Toni Stenden do‘stlariga saratonning so‘nggi bosqichida ekanligi to‘g‘risida yolg‘on gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki oydan kamroq umri qolgan. Saraton kasaliga o‘xshash uchun u sochini butunlay olib tashladi. Keyin do‘stlariga o‘limidan oldin sevgilisi Jeymsga uylanishni orzu qilganini aytdi.

Do‘stlari unga orzu qilgan to‘yini o‘tkazishda yordam berishdi, 8,5 ming funt yig‘ishdi. Stenden bu pulni Turkiyadagi bayram va asal oyiga sarfladi. Bundan tashqari, yangi turmush qurganlar Germaniya, Avstriya, Vengriya, Chexiya va Italiyada bo‘lishdi.

Keyinchalik do‘stlari uning aldaganini bilib qolishdi. Sud jarayonida qiz firibgarligini tan oldi. 22 dekabr, seshanba kuni ushbu ish bo‘yicha yakuniy sud majlisi bo‘lib o‘tdi. 29 yoshli sudlanuvchi besh oyga ozodlikdan mahrum etildi va mahalliy tadbirkor tomonidan qilingan ikki ming funt sterling miqdoridagi xayriyani qaytarib beradigan bo‘ldi.

Kiritildi: 14:13 24.12.2020. O'qildi: 3261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!