Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkmanistonning Arkadag shahrining ochilishi 29 iyunga belgilandi

Turkmanistonning Arkadag shahrining ochilishi 29 iyunga belgilandi

Turkmanistonning Arkadag shahrining ochilish marosimi 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli farmonni prezident Serdar Berdimuhamedov imzoladi, deya xabar bermoqda Turkmenistan Today.

“Tashqi ishlar vazirligi, Arkadag shahri ma’muriyati, Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi birgalikda 2023-yilning 29-iyun kuni Arkadag shahrining ochilish marosimini yuqori tashkiliy darajada ta’minlaydi”, — deyiladi hujjatda.

Avvalroq Turkmaniston prezidenti Arkadag shahrining ikkinchi bosqichi qurilishini boshlagan edi.

Arkadag — Turkmanistondagi shahar, Axal viloyatining ma’muriy markazi. U faol qurilish bosqichida. Taxminan 70 ming kishi istiqomat qiladigan yangi ma’muriy markaz Ashxoboddan 30 km janubi-g‘arbda joylashgan 950 gektar maydonda qurilmoqda.

Mega-loyihani amalga oshirish 2019 yilda boshlangan.

Loyiha Turkmaniston Xalq Maslahatiyasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Shahar “aqlli shahar” konsepsiyasi asosida yangi avlodning ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda barpo etilmoqda.

Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Arkadag” (homiysi) unvoniga ega.

Kiritildi: 16:43 17.06.2023. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!