Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkmanistonda endi qizlarning labini botoks qilgan kosmetologlar qamaladi

Turkmanistonda endi qizlarning labini botoks qilgan kosmetologlar qamaladi

Ashxobodda o‘quvchi qizlar, o‘qituvchilar va ayrim davlat muassasalari xodimlarining tashqi ko‘rinishi ustidan nazorat kuchaytirildi. turkmen.news manbalariga ko‘ra, poytaxtda o‘quvchi qizlarga bilaguzuk, zanjir va boshqa taqinchoqlar taqish taqiqlangan. O‘qituvchilardan milliy libos kiyish qat’iyroq talab qilindi.

8 aprel kuni “Turkmangeologiya” davlat korporasiyasi xodimlariga dushanbadan boshlab turkman milliy libosi va ro‘molida ishga kelish zarurligi aytilgan. Bunday kiyinishni istamaganlarga iste’foga chiqish haqida ariza yozish tavsiya qilindi.

"Ularning aytishicha, bu yangi prezident Serdar Berdimuhamedovning xohish-istaklari bilan bog‘liq, — deya ta’kidlaydi manba. — Bu hammani asabiylashtirdi. Turkmangeologiya rahbariyati birdaniga nimadir o‘ylantirib qo‘ygan bo‘lsa, bu boshqa, endi butun mamlakat shunday islomlashtirish yo‘lidan ketayotgan bo‘lsa boshqa narsa”.

Ayni paytda "Azatlik" radiosining xabar berishicha, Bayramali shahridagi Meri Velayatda go‘zallik salonlarida bir qator xizmatlar ko‘rsatishga taqiq joriy qilingan. Polisiya salonlarga borib, endi botoksdan foydalanish, yuzdagi ajinlarni tekislash, kirpiklarni oshirish, lablarni kattalashtirish mumkin emasligi haqida ogohlantirmoqda. Ushbu xizmatlardan foydalangan ayollarga 300-500 manat miqdorida jarima solinadi. Salon xodimalariga esa 500-1000 manat jarima yoki 15 kunlik qamoq jazosi bilan tahdid qilinmoqda. Kosmetologlar karantindan keyin ochilganidan shikoyat qilmoqdalar va endi ularga yana ishlashga ruxsat berilmagan.

"Azatlik"ning qayd etishicha, ayollarning tashqi ko‘rinishi ustidan nazoratni kuchaytirish Turkmanistonda yuqori martabali amaldor o‘zgarishining odatiy natijasidir. Yangi taqiqlar prezident almashinuviga to‘g‘ri kelgani ajablanarli emas.

Kiritildi: 16:28 13.04.2022. O'qildi: 4963 marta. Fikrlar soni: 41 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!