Turkmanistonda 2018 yil fevral oyida boshlangan A-92 va A-95 markali yuqori oktanli benzin taqchilligi shu kungacha davom etmoqda. Yoqilg‘i taqchilligi sababli hududlardagi yo‘llarda juda oz sonli avtomobillarni ko‘rishingiz mumkin, deb yozadi «Ozodlik» nashri.
Viloyat va shaharlardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida zamonaviy A dvigatellari uchun mos bo‘lmagan A-80 benzin mavjud. Shu sababli, ko‘pgina avtoulov egalari tavakkal qilmaslikni afzal ko‘rishoqda. Shunda keyinchalik ular avtomobillarini ta’mirlashga ko‘p pul sarflamaydi.
Shu bilan birga, mahalliy aholi ta’kidlaganidek, ko‘plab turkmanistonliklar uchun avtomobil deyarli yagona daromad manbai hisoblanadi.