Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkmaniston «Koka-kola» va «Pepsi»siz qolishi mumkinmi?

Turkmaniston «Koka-kola» va «Pepsi»siz qolishi mumkinmi?

«REGNUM» Turkmanistonda qo‘shni Eronda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va tamaki mahsulotlari taqchilligi yuzaga kelishi mumkinligi haqida yozmoqda. Chunki Turkmaniston hukumati 2020 yilning 8 yanvarida Eron bilan chegaradagi o‘tish punktlarini yopgan, deyiladi «Xronika Turkmenistana» xabarida.

Turkmaniston-Eron chegarasi yopilganidan beri ashxobodliklar do‘konlarda Eronda ishlab chiqarilgan «Koka-kola», «Pepsi» va boshqa alkogolsiz, gazlangan ichimliklar hamda sigaretalar ancha tortilib qolganini his etishmoqda.

Eronda chiqarilgan ichimliklar mahalliysidan ko‘ra sifatliroq ekani uchun ularga Turkmanistonda talab doim yuqori bo‘lib kelgan, qolaversa narxiyam o‘zgarmas, holbuki, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari tinmay qimmatlashib bormoqda.

Kiritildi: 19:21 18.01.2020. O'qildi: 3466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!