3-5 iyun kunlari Turkmaniston shimolidagi Toshhovuz aholisi deyarli to‘liq suv ta’minotidan mahrum bo‘ldi. Eski, zanglagan magistral suv quvuri yorilib, katta shahar aholisi +45 darajadan yuqori havo haroratida suvsiz qoldi, deb yozadi turkmen.news.
Mahalliy aholining aytishicha, odamlar kimning uyida quduq bo‘lsa, o‘sha tomonga yugurgan. Ayni shu quduq suvlari tufayli aholi ikki kun davomida jon saqlagan.
Manbalarga ko‘ra, turar joylarni suv bilan ta’minlash yomon tashkil etilgan. Ko‘plab uylar umuman suv bilan ta’minlanmagan, boshqalari esa yetarli miqdorda ta’minlanmagan.
Baxtsiz hodisa faqat 5 iyun, shanba kuni bartaraf etildi.