Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiyasiz NATOning taqdiri xavf ostida qoladi

A A A
Turkiyasiz NATOning taqdiri xavf ostida qoladi

AQSh Turkiyani qo‘ldan chiqarishi mumkin emas, u holda NATOning taqdiri xavf ostida qoladi. Bu haqda AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Metyu Brayz “Washington Post” gazetasiga xabar bergan.

Donald Tramp Turkiyaga nisbatan bojxona bilan bog‘liq sanksiyalar qo‘llagani AQSh manfaatlariga ko‘plab muammolarni tug‘dirishi mumkin, deb aytib o‘tgan Metyu Brayz.

Jumladan, Turkiya NATO a’zoligidan chiqadigan bo‘lsa, AQShning xorijdagi eng yirik va strategik bo‘lgan Turkiyadagi “Injirlik” harbiy bazasi yopilishi mumkin. 

Shuningdek, Yaqin Sharqda barcha imkoniyatlaridan ketma-ket mahrum bo‘lish bilan birga, ISHID jangarilarining erkin faoliyat olib borishiga sharoit yaratadi, deb qayd etib o‘tadi sobiq o‘rinbosar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Turkiyadagi narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar terrorchilik tashkilotlari bilan yaqin aloqa o‘rnatganligi haqida xabar bergan.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 11:25 17.08.2018. O'qildi: 1393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik