Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiyani yoqib yuborganlikda gumonlanayotganlar qo‘lga olindi. Xalq ularni samosud qilmoqchi

Turkiyani yoqib yuborganlikda gumonlanayotganlar qo‘lga olindi. Xalq ularni samosud qilmoqchi

Turkiya polisiyasi Manavgat shahridagi o‘rmonlarni yondirishda gumon qilinganlarni hibsga oldi. Bu haqda "Anadolu" agentligi mamlakat tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining so‘zlariga asoslanib xabar bermoqda.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining aytishicha, ayblanayotganlardan birini mahalliy aholi olov yoqayotgan paytida ko‘rishgan. "Fuqarolar gumondorni xalqqa topshirishni talab qilishdi", dedi tashqi ishlar vaziri. Bunday talablardan so‘ng Chavusho‘g‘li voqea joyiga bordi.

Mahalliy aholi rasmiylarni jinoyatchini himoya qilishda ayblagan. Turkiya tashqi ishlar vaziri ularni jinoyatchilar javobgarlikdan qochmasliklariga ishontirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inlarning kelib chiqishiga har kimda shubha bor, chunki ular butun Turkiyada bir vaqtning o‘zida boshlangan.

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tergovga razvedka xizmatlari jalb qilinganini aytdi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inlar oqibatida 180 dan ortiq kishi jarohatlangan, uch kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 17:28 30.07.2021. O'qildi: 2923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!