Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkiyadagi vatandosh xotin-qizlar muammolari o‘rganilmoqda

Turkiyadagi vatandosh xotin-qizlar muammolari o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mukarram Nurmatova boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Turkiyaga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Delegasiya tarkibidan O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, Ichki ishlar vazirligi vakillari o‘rin olgan. 15-20 aprel kunlari mobaynida bo‘lib o‘tayotgan tashrifdan maqsad Turkiyadagi O‘zbekiston xotin-qizlari muammolarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Safar davomida O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida delegasiya a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Turkiyada vaqtincha bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ayollarning muammolarini kompleks o‘rganish, ularga huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalasida Turkiya davlat organlari, shuningdek, nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Bosh konsulxona xodimlari delegasiya a’zolariga oila va nikoh, fuqarolik, mehnat hamda migrasiya sohasidagi Turkiya qonunchiligi, fuqarolarimizni qiziqtirayotgan masalalar va ular duch kelayotgan muammolar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar.

Delegasiya a’zolari ishtirokida joriy yilning 16-17 aprel kunlari Istanbul shahrida, 19 aprel kuni esa Bursa shahrida vatandosh xotin-qizlar uchun sayyor qabullar tashkil etiladi.

Kiritildi: 10:04 17.04.2024. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!