Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada yirik oltin koni topildi

Turkiyada yirik oltin koni topildi

Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank mamlakat sharqidagi Ag‘ri viloyatida yirik oltin koni topilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TRT.

«Biz Mollakara qishlog‘i yaqinida 20 tonna oltin va 3,5 tonna kumush zaxiralariga ega konlarni topdik”, – dedi vazir.

Varankning aytishicha, ushbu konlardagi oltinning qiymati 1,2 milliard dollarga, kumushning qiymati esa 2,8 million dollarga baholanyapti. Konlarni o‘zlashtirish uchun 160 million dollar sarmoya kiritiladi. Vazir so‘nggi 10 yil ichida mamlakatda oltin qazib olishga sarmoya darajasi 25 foizga oshganini ta’kidladi. 2020 yilda mamlakatdagi 18 ta kondan 42 tonna oltin qazib olingan.

Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez esa bu yil Turkiyada 45 tonna oltin qazib olinishini, kelgusi besh yil ichida yillik oltin qazib olish hajmini 100 tonnaga yetkazish rejalashtirilganini aytdi.

Kiritildi: 13:07 11.06.2021. O'qildi: 3052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!