Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi josuslikda ayblanib hibsga olindi

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi josuslikda ayblanib hibsga olindi

Turkiya sudi O‘zbekiston fuqarosini, shuningdek, to‘rt nafar Rossiya va bir nafar Ukraina fuqarosini harbiy va siyosiy josuslikda ayblab hibsga oldi.

Turkiya sudi olti kishini hibsga oldi, deb xabar beradi mahalliy "Hurriyet" nashri.

«Tungi soat 03:00 atrofida o‘tkazilgan operasiya natijasida Rossiya Federasiyasi fuqarolari Abdula Abdulayev, Ravshan Ahmedov, Bislan Rasayev va Aslanbek Abdulmuslimov, Ukraina fuqarosi Igor Yefrim va O‘zbekiston fuqarosi Amir Yusupov qo‘lga olindi", deb yozadi gazeta.

Olti nafar xorijlik ham harbiy va siyosiy josuslikda ayblanmoqda. Ular 8 oktyabr kuni Istanbul Bosh prokuraturasi tergovi doirasida o‘tkazilgan operasiya vaqtida qo‘lga olindi.

Bundan tashqari, ular chechen muxolifatchilariga hujumlar tayyorlashda ayblanmoqda. Mahalliy ommaviy axborot vositalari xorijliklardan qurol-yarog‘ musodara qilinganini xabar qilishdi.

Kiritildi: 12:29 21.10.2021. O'qildi: 2255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!