29 iyuldan 30 iyulga o‘tar kechasi Istanbul polisiyasining aksilterror bo‘linmasi shaharning sakkiz tumanida operasiya o‘tkazdi, deb xabar beradi «Xroniki Turkmenistana».
Arnavutkey hududida 7 kishi hibsga olindi. Jumladan, Turkmanistonning bir fuqarosi — 43 yoshli Kakageldi Ashirov, O‘zbekistonning uch fuqarosi, Suriyaning ikki fuqarosi va guruh rahbari Turkiya fuqarosi.
Taxminlarga ko‘ra, bu odamlar turkiy islom ilohiyotchisi, kurd Said Nursining mafkurasiga asoslangan diniy oqim izdoshlari guruhidan.